🌸 Ayol — oila, jamiyat va yaxshilik kuychisi!

Qo‘shko‘pir tuman Axborot-kutubxona markazida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona musiqali kecha tashkil etildi.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘linmasiga qarashli 2, 25, 30 va 42-sonli umumiy o’rta ta’lim maktablarining faol kitobxon o‘quvchilari ishtirok etishdi.

✨ Kecha davomida ona va ayolni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda dildosh suhbatlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Zero, ayol borki, olam munavvar, hayotimiz esa yanada mazmunlidir!