Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida bolajonlar uchun quvonchli va sehrli lahzalarga boy bo‘lgan «Yangi yilda — yangi orzular” mavzusida musiqali kecha tashkil etildi.
✨ Tadbir ishtirokchilari:
Bayram tadbirida quyidagi ta’lim muassasalari vakillari faol ishtirok etdilar:
- №25-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilari;
- №6-son maktabgacha ta’lim muassasasining jajji tarbiyalanuvchilari.






📝 TADBIRNING MAQSADI:
Bolalarda Yangi yil bayramiga bo‘lgan ijobiy kayfiyatni shakllantirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, musiqaga va sahna madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, ezgulik, do‘stlik va yangi orzularga ishonch tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.