Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markaziga qarashli №2-son ko‘chma kutubxona tomonidan №42-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Bellashuvda “Bilimdonlar”, “Zukkolar” va “Zulfiya izdoshlari” jamoalari o‘zaro bilim va tafakkur sinovida ishtirok etdilar.



Natijalar quyidagicha bo‘ldi:
- 🥇 1-o‘rin — “Zulfiya izdoshlari” jamoasi
- 🥈 2-o‘rin — “Bilimdonlar” jamoasi
- 🥉 3-o‘rin — “Zukkolar” jamoasi
Ahamiyati: Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, tafakkurini kengaytirish hamda intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi. ✨
