Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida oilaviy kitobxonlik an’analarini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
✨ Tadbir ishtirokchilari:
Tadbirda soha mutaxassislari va tumanimizning namunali kitobxon oilalari jam bo‘ldilar:
- R. Ismoilova — Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari;
- T. Botirov — “Nuroniylar” jamg‘armasi mutaxassisi;
- Baxtiyor aka Abdullayev oilasi (“Yovg‘ur” mahallasi);
- Xavvojon opa Avezmetova oilasi (“Iqbol” mahallasi);
- Botir aka Xudayberganov oilasi.
📚 TADBIRNING MAQSADI:
Yosh avlod qalbida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, oilada kitobga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, kitob orqali avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlash, ota-bobolarimizning hayotiy tajribalarini yoshlarga yetkazish va ularni sog‘lom fikrli, ma’naviy yetuk shaxslar qilib tarbiyalashdan iborat.






