Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markaziga qarashli № 1-son ko‘chma kutubxona mutaxassisi I.Sobirova tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir “O‘rtayop” qishlog‘i, “Adolat” mahallasida yashovchi fuqarolar uchun kitob mutolaasini ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.
Loyihaning asosiy maqsadlari:
- Aholining kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish;
- Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish;
- Fuqarolarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etishga ko‘maklashish;
- Kutubxona fondida mavjud bo‘lgan yangi adabiyotlarni keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish.
Ushbu loyiha aholi orasida ma’naviy muhitni boyitish va kitobga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirishga xizmat qiladi.



