Qo‘shko‘pir tuman Axborot-kutubxona markazida “Millat bayrog‘i – mahalla tayanchi” mavzusida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu uchrashuv mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir tashkilotchilari:
- Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shko‘pir tuman bo‘linmasi;
- O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi;
- Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi;
- Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi.
Uchrashuvda “Bahoriston” mahallasi aholisi ishtirok etdi. Tadbir davomida mahalla ahliga milliy bayrog‘imizning davlat ramzi sifatidagi ahamiyati, uning tarixiy ildizlari va mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yosh avlod ongida davlat ramzlariga nisbatan hurmat va sadoqat tuyg‘usini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida ta’kidlab o‘tildi.


