Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon qizlar” loyihasi doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan yangi nashrdan chiqqan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Hamza Hakimzoda Niyoziyning «Ilm ista» hamda Abdurauf Fitratning «Yurt qayg’usi» nomli asarlari keng jamoatchilikka tanishtirildi.
Tadbir ishtirokchilari:
- №4-son AFCHO‘M faol o‘quvchilari;
- №25-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari.






Tadbirning asosiy mazmuni:
📖 Taqdimot davomida ishtirokchilar jadid bobolarimizning xalqni ilm-ma’rifatga chorlash yo‘lida olib borgan fidokorona kurashlari, Vatan ravnaqi va millat uyg‘onishi yo‘lidagi mislsiz xizmatlari haqida boy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir jarayonida ma’rifat fidoyilari hayotini yorituvchi nodir kitoblar tanishtirildi.
Ahamiyati:
✨ Mazkur taqdimot yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosga hurmat va ma’rifat yo‘lida intilish tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
