Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli №25-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy ruhda o‘tgan kitob sharhi tadbiri tashkil etildi.
Tadbir 2026 yilda yubileyi nishonlanadigan adib va yozuvchilarning asarlariga bag‘ishlanib, o‘quvchilar bu asarlarning mazmun-mohiyati, badiiy qimmati hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Har bir asar alohida tahlil qilinib, uning hayotiy saboqlari, inson qalbiga ta’siri va ma’naviy ahamiyati yoritib berildi.
Kitob sharhi jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, nutq madaniyati va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi yanada oshdi. Tadbir yosh avlodni mutolaaga chorlash, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda adabiyotga bo‘lgan mehrini mustahkamlashga xizmat qildi.


