Qo‘shko‘pir tuman Axborot-kutubxona markazida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli №25-son umumiy o’rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Bobur – ezgulik va yaxshilik kuychisi” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
🌿 Kecha davomida o‘quvchilar buyuk mutafakkir va shoir — Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, uning insonparvarlik, ezgulik va yuksak axloqiy g‘oyalarga boy asarlari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.
🎤 She’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi,
📖 Bobur ijodiga oid kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, yosh kitobxonlarda adabiyotga bo‘lgan qiziqish va muhabbat yanada mustahkamlandi.
✨ Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.




