✨ Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir!

🏢 Qo‘shko‘pir tuman Axborot-kutubxona markazida “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” mavzusida dildan suhbat, mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🗣 Davra suhbatida Xalq demokratik partiyasi (XDP) tuman kengashi raisi O. Yusupova, “Chamanzor” mahallasining faol xotin-qizlari hamda Urganch davlat universiteti (UrDU) Filologiya fakultetining talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
📌 Tadbirda jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda ayollarning roli xususida fikr almashildi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi