📅 Qo‘shko‘pir tuman Axborot-kutubxona markazida Yoshlar kuni doirasida kutubxonamizning faol va kitobxon yoshlari ishtirokida «Sog‘lom turmush tarzi — baxtli hayot garovi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✨ Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot kechirish ko‘nikmalarini shakllantirish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda jismoniy va ma’naviy barkamollikni targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
💬Suhbat davomida:
Sog‘lom turmush tarzining asosiy mezonlari (to‘g‘ri ovqatlanish, sport va kitobxonlik);
Intellektual salomatlik va mutolaaning yoshlar hayotidagi o‘rni;
Zararli odatlarning inson kelajagiga salbiy ta’siri kabi mavzular qizg‘in muhokama qilindi.
📚 Kitobxon yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga, mavzuga oid adabiyotlar ko‘rgazmasi bilan ham yaqindan tanishdilar.
Sog‘lom va bilimli yoshlar — yurtimiz kelajagi va tayanchidir! 💪✨



