Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida adabiyot muxlislari uchun unutilmas, ma’naviy boy tadbir bo‘lib o‘tdi!
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, oila, jamiyat va insoniy munosabatlarni o‘z asarlarida mahorat bilan aks ettirib kelayotgan iste’dodli adib Qulmat Ro‘ziboyning “Qalb kundaligi” nomli yangi kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
🤝 Ijodiy muloqot va she’riyat kechasi
Uchrashuv nafaqat kitob taqdimoti, balki tumanimizning ko‘zga ko‘ringan ijodkorlari bilan qizg‘in muloqot maydoniga aylandi. Kechada tumanimizda yashab, ijod qilayotgan bir guruh ijodkorlar ishtirok etishdi:
O. Tilloyev – o‘zining o‘tkir so‘zi va hazil-mutoyibasi bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashgan hajvchi shoir;
Shoira Jahon – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, bir qancha dardli va jozibali she’riy kitoblar muallifi;
Z. Jumamurotova va N. Avezova – adabiyot maydoniga o‘z ovozi va kitoblari bilan kirib kelayotgan, kelajagi porloq yosh ijodkorlar.






