⚡️“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” munosabati bilan tuman Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Yoshlarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish va ularni kitobxonlikka yanada qiziqtirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu bilimlar bahsida 4 ta jamoa o‘zaro bellashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

🥇 1-o‘rin: “M.Zamahshariy” jamoasi
🥈 2-o‘rin: “Yuksalish” jamoasi
🥉 3-o‘rin: “Zukkorlar” jamoasi

Bilimlar jangida faol ishtirok etib, yuqori natija ko‘rsatgan g‘olib va sovrindor jamoalar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan maxsus esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.