Qo‘shko‘pir tuman Madaniyat uyida «Mustaqillik to‘yi» festivali doirasida yuqori saviyadagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
📚 Mazkur tadbirda Qo‘shko‘pir tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham faol ishtirok etishdi.
✨ “Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to‘plab, avlodlarga yetkazadi” mavzusi ostida tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi barchaning diqqat markazida bo‘ldi. Ko‘rgazma javonlaridan o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlari hamda bolalar uchun mo‘ljallangan rang-barang, qiziqarli adabiyotlar joy oldi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari X.Ibragimov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tinchlik va barqarorlikning bebaho ne’mat ekani, mahalla birdamligini mustahkamlash hamda Vatanga sadoqat tuyg‘usini yuksaltirishning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
