Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB – O‘ZBEKISTON 2025” XIV milliy axborot-kutubxona haftaligi yuqori saviyada davom etmoqda.
Tadbir doirasida:
- “Har bir asari bir mo‘jiza” mavzusida 2025-yilning yubilyar asarlari yuzasidan batafsil kitob sharhi o‘tkazildi.
- Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari R.Ismoilova tomonidan yangi nashrdan chiqqan “Ustozga ehtirom” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: Kitob sharhidan ko‘zlangan asosiy maqsad — kitobxonlarga asarning mazmuni, g‘oyasi va ahamiyatini qisqa, tushunarli hamda tahliliy tarzda yetkazishdir.
Kitob sharhi — asarning asosiy g‘oyasi va mazmuni haqida ma’lumot berish bilan birga, muallifning fikri, asarda ko‘tarilgan muammolar, obrazlarning xarakterlari hamda ularning xatti-harakatlarini mahorat bilan tasvirlab berishga xizmat qiladi.



