“Kitobxon Qo‘shko‘pir” shiori ostidagi kitob bayrami bo‘lib o‘tdi
Qo‘shko‘pir tumani 54-son umumta’lim maktabida “Kitobxon Qo‘shko‘pir” shiori ostida kitob bayrami tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yoshlar ongida ma’naviyat va ma’rifatni mustahkamlash, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda Qo‘shko‘pir tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari kitob ko‘rgazmasi bilan ishtirok etishdi. Uchrashuvda quyidagi mas’ullar qatnashdilar:
- G. Ibodullayeva — Viloyat yozuvchilar uyushmasi raisi;
- D. Bekchanova — Viloyat jurnalistlar uyushmasi rahbari;
- B. Tillayev — Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimi;
- H. Ibragimov — Tuman hokimining o‘rinbosari;
- R. Ismoilova — Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tuman bo‘linmasi rahbari.
Shuningdek, mahalla faollari, ziyolilar va maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ham ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar kitobning inson hayotidagi o‘rni, yoshlar tarbiyasidagi ta’siri va zamonaviy axborot makonida kitobxonlikning ahamiyati borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar uchun turli xil badiiy va ilmiy adabiyotlar namoyish etildi hamda kitob mutolaasiga doir tavsiyalar berildi.




