Tumandagi Zamaxshariy nomli istirohat bog‘ida “O‘zbekiston bayrog‘i” qabul qilingan kuniga bag‘ishlab tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Ko‘kda hilpiraydi o‘zbek bayrog‘i” nomli kitob ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdilar.
O‘zbekiston bayrog‘i — xalqimiz sha’ni, g‘ururi va tarixini ifodalovchi muqaddas ramzdir.
Mustaqillikdan keyin, 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i rasmiy ravishda qabul qilingan. Bu sana mamlakatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqil davlat sifatida dunyoga tanilganimizni bildiradi.



