Qo‘shko‘pir tumani Axborot kutubxona markaziga qarashli № 3-son ko‘chma kutubxona mutaxassisi S.Sapayeva “Kitobsevar millat” loyihasi doirasida, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli “G‘uncha” bolalar bog‘chasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida bolajonlar uchun “Mening sevimli ertaklarim” mavzusida ertak kitoblardan sharh o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi:
- Ertaklardagi ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni tushuntirish;
- Bolalarda halollik, sabr, mardlik va mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirish;
- Ezgulik har doim g‘alaba qozonishini ko‘rsatib berish orqali ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish.
Ushbu tadbir bolajonlarga hayotda doimo yaxshilik qilish va to‘g‘ri yo‘ldan borish yutuqqa olib kelishini anglatishda xizmat qiladi.



