«Qatag‘on qurbonlari — vatan fidoiylari» mavzusida ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shko‘pir tuman axborot-kutubxona markazida «Jadidlar izidan» kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida «Qatag‘on qurbonlari — vatan fidoiylari» mavzusida ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq ta’limi fidoiysi, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni sohibi Q. Safarboyev, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiiyot fani o‘qituvchisi Sh. O‘razmetova hamda mazkur maktabning 5-, 7-, 11-sinf o‘quvchilari qatnashdilar.

Suhbat davomida jadidchilik harakati tarixi, millatimiz fidoyilari boshidan kechirgan sinovlar, ularning ilm-ma’rifat yo‘lidagi kurashi hamda qatag‘on qurbonlarining xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida atroflicha fikr yuritildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.