Har haftaning payshanba kuni yoshlar bilan turli mavzularda ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi uchrashuv Axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi Shuxrat Axmedov yoshlar bilan samimiy suhbat qurdi. Ochiq muloqot davomida yoshlarning fikr va mulohazalari, taklif hamda tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bilim va salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi kelgusi rejalar muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.



