«Yoshlar kuni» loyihasi doirasida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyundagi 59-sonli buyrugʻi hamda “Iyun–avgust oylarida payshanba – «Yoshlar kuni» loyihasi doirasida tasdiqlangan chora-tadbirlar reja-grafigi” ijrosini taʼminlash maqsadida Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning ijrosini taʼminlash ishlari yo’lga qo’yilgan.
Qo‘shko‘pir tumani axborot-kutubxona markazida Yoshlar kuni munosabati bilan maktab o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish va intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Bellashuvda tumanimiz mahallalaridan tashrif buyurgan bilimdon yoshlar o‘zaro kuch sinashdilar:
🔹 “Ayronko‘l” mahallasidan — “Zukkolar” jamoasi
🔹 “Madaniyat” mahallasidan — “Yuksalish” jamoasi
🔹 “Mesit” mahallasidan — “Everest” jamoasi
🔹 “Iqbol” mahallasidan — “Yoshlar” jamoasi
Qizg‘in va murosa-sozsiz kechgan bahslar yakunida hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi:
🥇 1-o‘rin: “Zukkolar” jamoasi (“Ayronko‘l” MFY)
🥈 2-o‘rin: “Yuksalish” jamoasi (“Madaniyat” MFY)
🥉 3-o‘rin: “Everest” jamoasi (“Mesit” MFY)





