14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan

Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tuman Ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurib, ushbu muhim sana munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etdilar.

Ko‘rgazmada taqdim etilgan adabiyotlar orqali IIB xodimlari Vatan himoyachilari tarixi, jasorati esga olindi. Shu bilan birga ular bayram bilan samimiy tabriklandilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar nafaqat Vatan himoyachilarini qadrlashga, balki jamiyatimizda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.