Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Mard o‘g‘lonlar jasorati unutilmaydi” mavzusida badiiy kecha tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi Qo‘shko‘pir tuman kengashi a’zosi, deputat S. Matyoqubova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari R. Ismoilova, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi kichik serjanti M. Qurbonboyev, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli №25-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining faol o‘quvchilari hamda 6-son “Kamalak” maktabgacha ta’lim tashkilotining bir guruh tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, mardlik va jasorat tuyg‘ularini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar mehnatini e’tirof etish, milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.




