O’zbek adabiyotining yorqin yulduzi Alisher Navoiy

Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 5-son AFCHO‘Mning 8-sinf o‘quvchilari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu kechada:

G‘azalxonlik: O‘quvchilar tomonidan shoirning qalbga yaqin g‘azal va ruboiylari mahorat bilan ijro etildi.

Sahna ko‘rinishlari: Navoiy hayoti va ijodidan lavhalar aks ettirilgan sahnalar yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Kitob ko‘rgazmasi: Kutubxona xodimlari tomonidan «Navoiyni anglash – o‘zlikni anglash» mavzusida kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbir yakunida so‘zga chiqqanlar Alisher Navoiy merosi nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun bashariyat uchun bebaho xazina ekanligini ta’kidladilar.