Tuman FVVB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu davra suhbatida:
✅ Hazrat Navoiyning hayot yo‘li, adolatli davlat arbobi sifatidagi faoliyati va boy ijodiy merosi haqida so‘z yuritildi.
✅ Shoirning «Xamsa» asari, g‘azal va ruboiylarining insoniyat ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
✅ Tadbir ishtirokchilari tomonidan shoir ijodidan namunalar, hikmatli so‘zlar va g‘azallar yuksak mahorat bilan o‘qib berildi.
📚 Kitob ko‘rgazmasida esa kitobxonlar Alisher Navoiy asarlarining noyob nashrlari hamda zamonaviy adabiyotshunoslar tomonidan shoir hayoti haqida yozilgan yangi kitoblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ma’naviyatimiz ko‘zgusi bo‘lgan buyuk bobomizning merosini o‘rganish – har birimizning burchimizdir.
📍 Manzil: Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazi



