Zulfiyaxonim – ezgulik va yaxshilik kuychisi

Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida o‘zbek xalqining ardoqli shoirasi, sadoqat va vafo timsoli Zulfiyaxonim tavalludining 111-yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

“Zulfiyaxon – ezgulik va yaxshilik kuychisi” mavzusidagi ushbu she’rxonlik kechasida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘linmasiga qarashli №2-25-sonli umumiy o’rta ta’lim maktablarining eng faol kitobxon o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan:

* Shoiraning qalamiga mansub otashin she’rlar mahorat bilan o‘qildi;

* Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar yosh kitobxonlar e’tiboriga havola etildi;

* Shoira ijodidagi sadoqat, ona tabiatga bo‘lgan muhabbat va insoniylik tuyg‘ulari haqida fikr-mulohazalar yuritildi.

Ushbu tadbir yosh avlod qalbida ona tilimizga va milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirishga xizmat qildi.