«Yoshlar kuni» loyihasi doirasida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyundagi 59-sonli buyrugʻi hamda “Iyun–avgust oylarida payshanba – «Yoshlar kuni» loyihasi doirasida tasdiqlangan chora-tadbirlar reja-grafigi” ijrosini taʼminlash maqsadida Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning ijrosini taʼminlash ishlari yo’lga qo’yilgan.
Yoshlar kuni munosabati bilan Qo’shko’pir tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari IT PARKga tashrif buyurib, «Innovatsiyalar, sun’iy intellekt va robototexnika kuni» doirasida tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ChatGPT, Gemini va boshqa zamonaviy sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, ular yordamida tahliliy hisobotlar, taqdimotlar hamda turli axborot materiallarini tayyorlash bo’yicha amaliy master-klasslar o’tkazildi.
Shuningdek, IT PARK mutaxassislari ishtirokida «Sun’iy intellekt va kelajak kasblari» mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim va kutubxonachilik sohasidagi o’rni, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda kelajakda talab yuqori bo’ladigan kasblar haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Mazkur tashrif kutubxona xodimlarining raqamli texnologiyalar bo’yicha bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlash, zamonaviy innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish hamda yoshlarni IT va sun’iy intellekt sohalariga qiziqtirishga xizmat qildi.



