Xalqaro tinchlik kuniga bag’ishlab Qo‘shko‘pir tuman axborot-kutubxona markazida mazmunli va ko’tarinki ruhdagi tadbir bo’lib o’tdi.
Unda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 25-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, «Tinchlik va bag’rikenglik – avlodlar o’rtasida ko’prik» mavzusidagi musiqali kechada o’zlarining faolligini namoyish etishdi.
Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan tinchliksevarlik, do’stlik va bag’rikenglik g’oyalarini tarannum etuvchi sherlar, qo’shiqlar namoyish etilib, yig’ilganlarga o’zgacha bayramona kayfiyat ulashildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy kechalar yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg’ularini kuchaytirish bilan birga, ularni ezgulik va ahillikka chorlaydi.
