Qo‘shko‘pir tuman axborot-kutubxona markazida 18-30 yosh toifasidagi ijodkor yoshlar o‘rtasida “Uyg‘onish” yoshlar adabiy tanlovining hududiy bosqichi yuqori ko‘tarinkilik ruhida tashkil etildi.
Tadbirda soha mutaxassislari va nufuzli mehmonlar – “Hayot ko‘zgusi” gazetasi muharriri, jurnalist M.Tillayeva, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Z.Jumamurotova hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari R.Ismoilovalar ishtirok etishdi va yosh ijodkorlarning chiqishlarini baholashdi.
Iste’dodli yoshlar o‘z ijod namunalari bilan qizg‘in bellashgan mazkur tanlov yakunlariga ko‘ra eng munosiblar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
🥇 Nasr yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin — Otajonov Rasulbek Shokir o‘g‘li;
🥇 Bolalar nazmi yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin — Sadullayev Sardor Yangiboy o‘g‘li.
G‘oliblarni erishgan yutuqlari bilan muborakbod etamiz va kelgusi ijodiy faoliyatlarida zafarlar tilab qolamiz
