ONA TILIM — FAXRIM, IFTIXORIM!

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Qo‘shko‘pir tuman Axborot-kutubxona markazida “Ona tilim—faxrim, iftixorim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 50-va 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari, shuningdek,55-sonli maktabning ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Nilufar Ataqova hamda 50-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Zilola O‘razmetovalar faol ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida millatimiz ko‘zgusi bo‘lmish ona tilimizning boy tarixi, beqiyos jozibasi hamda uning davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish ahamiyati ta’kidlandi.
O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan ona tilini madh etuvchi she’rlar,kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Kutubxona muhitida o‘tgan ushbu tadbir yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat,ona tiliga sadoqat va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.