Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida faol kitobxon o‘quvchilar bilan “O’qing, yangi adabiyotlar!” mavzusida kitob sharhi o‘tkazildi. Tadbirda mutaxassislar quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tdilar:
* Kutubxona fondiga kelib tushgan eng so‘nggi badiiy va ilmiy adabiyotlar tahlili;
* Zamonaviy kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari;
* Mutolaaning inson ma’naviy dunyosini boyitishdagi o‘rni.


