O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 — yil 15 – yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora – tadbirlari to‘g’risida”gi 9-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikamizning barcha hududlarida joriy yilning 13-17-aprel kunlari “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika“Kitobxonlik haftaligi” bo’lib o’tmoqda. Bizning Qo’shko’pir tuman axborot kutubxona markazimizda “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik xaftaligi”ni ochilish tadbiri tantanali ravishda o’tkazildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi raxbari R.Ismoilova, ta’lim muassasalari o’qituvchilari, faol yoshlar, kitobxonlar hamda keng jamoat ishtirok etdi.
Tadbir dovamida so’zga chiqqanlar kitobxonlik madaniyatini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida mutolaaga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish bugungi kuning muhim vazifalaridan biri ekanligini ta’kitladilar. Tadbir doirasida yangi kitoblar ko’rgazmasi hamda “Kitobxonlik ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil qilinib, adabiy-badiiy chiqishlar nomoish etildi. Shuningdek, kitob mutolaasiga bag’ishlangan tanlovlar va ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar haftalik davomida o’tkazilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Mazkur kitobxonlik haftaligi aholi o’rtasida kitobga bo’lgan muhabbatni yanada oshirish, ma’naviy saviyani yuksaltirish va milliy qadiriyatlarni targ’ib etishga xizmat qiladi.






