Qo‘shko‘pir tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Haftalikning uchinchi kuni “Qo‘shko‘pirlik ijodkorlar” mavzusidagi ijodiy uchrashuvga bag‘ishlandi. Tadbirda tumanimizning taniqli so‘z ustalari va qalam ahli mehmon bo‘lishdi:
✨ Erkin Ermatov – O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi;
✨ Sh. Matkarimov – Yozuvchi va dramaturg;
✨ Y. Eshmuratov – Shoir, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
✨ O. Tilloyev – Hajvchi shoir;
✨ M. Tillayeva– “Hayot ko‘zgusi” gazetasi muharriri, jurnalist;
✨ Z. Jumamurotova – O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi a’zosi;
Tadbir davomida yozuvchi va shoirlar o‘z ijod yo‘llari, kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida samimiy suhbat qurishdi. Ayniqsa, yosh ijodkorlar tomonidan o‘qilgan she’rlar davraga alohida shukuh bag‘ishladi.
Uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, ijodkorlardan yangi asarlar mutolaasi bo‘yicha tavsiyalar olishdi.




