Qóshkópir tumani Axborot kutubxona markazida Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli umumiy o’rta ta’lim maktab kutubxonachilari bilan hamkorlikda “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” o’quv –seminar tashkil etildi. Seminardan ko’zlangan maqsad aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirishning zamonaviy usullari va tizimli chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Seminar doirasida “Jadidlar izidan” klubi faoliyati haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Milliy uyg‘onish davri namoyandalarining boy merosini o‘rganish va ularning g‘oyalarini yosh avlodga yetkazish bugungi kunning muhim vazifasi ekanligi ta’kidlandi.
Ishtirokchilar Axborot-kutubxona markazining ish faoliyati, kitob fondini saqlash va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan ushbu o‘quv-seminar nafaqat soha xodimlari uchun tajriba almashish maydoni, balki davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan strategik vazifalarning amaliy ijrosidir.
Kitob o‘qigan inson dunyoni anglaydi, ma’naviyati boy bo‘lgan xalq esa yuksak marralarni zabt etadi.



