Joriy yilning 16-aprel kuni Qo’shko’pir tuman axborot kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik xaftaligi”ning beshinchi kunida tuman IIB xodimlari bilan Nur Ahmadning “Xorazm nemislari” kitobidan taqdimot bo’lib o’tdi. Yozuvchi Nur Ahmadning “Xorazm nemislari” hujjatli-badiiy qissasida etti iqlim olislikdagi notanish o’lkalardan Xorazmga halovat istab kelgan yuzlab olmonlar boshidan o’tgan fojiali kechinmalar qalamga olingan.Asar qahramoni tilidan yozilgan mazkur asarni o’xshashi yo’qligi va hozirgi zamon adabiyotimizda yangilik bo’lganini alohida ta’kidlash joiz.Tadbir davomida kitob marofoni ham tashkil etildi.


