“HET” AJ Xorazm hududiy filiali Qo‘shko‘pir tuman Elektr ta’minoti bo‘limiga Qo‘shko‘pir tumani axborot-kutubxona markazi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik doirasida yangi kitoblar yetkazib berildi.
Ushbu ma’naviy ko‘makdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
🔹 Xodimlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish;
🔹 Ish joylarida madaniy hordiq chiqarish uchun sharoit yaratish;
🔹 Kutubxona va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi doimiy aloqalarni mustahkamlashdir.
Kitob — nafaqat bilim manbai, balki jamoaviy muhitni sog‘lomlashtiruvchi eng yaxshi vositadir. Bunday loyihalar xodimlarning ish unumdorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.

