1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan «Sharafli kasb sohiblari e’zoz va ehtiromda» mavzusida bayramona musiqali kecha tashkil etildi.
Tadbirda ta’lim-tarbiya jarayonida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh faol ustozlar va soha vakillari ishtirok etdilar.
Jumladan, tadbirni Axborot-kutubxona markazi direktori G.Saidova kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha ustozlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi va ularning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rnini alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, tadbir davomida quyidagi mehmonlar so‘zga chiqib, o‘zlarining iliq tilaklarini bildirdilar:
Z.Otamurotova – tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 25-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o‘rinbosari;
Z.Shohnazarova – tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxonachisi.
