Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar ishtirokida “Turkiston jadidchilik harakatining asoschilari” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ma’rifatparvar ajdodlarimiz — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti va ular qoldirgan boy ilmiy-adabiy meros haqida so‘z bordi.
Davra suhbat yakunida kutubxonaning eng faol kitobxonlari o‘z fikr-mulohazalari bilan qatnashib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bu kabi uchrashuvlar yosh avlodning qalbida vatanparvarlik va tariximizga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashi shubhasiz.



