📚 Kitoblar olamiga sayohat: Maktab o‘quvchilari kutubxonada!

Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markaziga № 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilari tashrif buyurdilar.

🌟 Tashrif davomida o‘quvchilar uchun qiziqarli ekskursiya tashkil etildi. Kutubxona mutaxassislari bolajonlarni markazdagi:

✅ Yangi nashrdagi bolalar adabiyotlari;
✅ Rang-barang kitob ko‘rgazmalari;
✅ Kutubxonadan foydalanish qoidalari bilan yaqindan tanishtirdilar.

📖 Maqsad — yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularda mutolaa madaniyatini shakllantirishdir.

Kutubxonamiz eshiklari barcha ilmga chanqoq yoshlar uchun hamisha ochiq! 😊